IMTIYOZLAR

Keyingi yillarda mamlakatimizda tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga jo‘nab ketayotgan fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, ularga zarur huquqiy, ijtimoiy, axborot-maslahat yordami ko‘rsatish va moddiy qo‘llab-quvvatlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga borib, qaytib kelgan fuqarolar uchun quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

♦“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan yo‘l chiptalari uchun 20% chegirma;

Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketayotgan fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i sug‘urtalanadi.

Ushbu xizmatlar fuqarolarga “Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqayotgan fuqarolarga imtiyozli tariflarda chiptalar sotish boʼyicha ixtisoslashtirilgan kassa”larda taqdim etiladi.

“Ipoteka bank” ATB tomonidan uyushgan holda Rossiya Federatsiyasiga  vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketgan fuqarolarga “Ishlash uchun ruxsatnoma (patent)” hujjatlarini rasmiylashtirish uchun 1000 AQSh dollari miqdorigacha imtiyozli kreditlar ajratish;

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.03.2018 yildagi PQ-3584-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

Xorijda ishga joylashish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun beriladigan, bir bank kuni davomida tez rasmiylashtirilgan holda eng kam talab qilinadigan hujjatlar (pasport, ariza va mehnat organining iltimosnomasi) asosida 2019-2020 yillarda 10 foiz va 2021 yilda 12 foiz stavkada 2 mln. so‘m miqdorida bir yil muddatga, shu jumladan taqdim etilayotgan kredit foiz stavkasining 50 foizi miqdoridagi tijorat bankining marjasi bilan mikroqarzlar beriladi;

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.08.2019 yildagi PF-5785-sonli “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi farmoni.

Vatanga qaytgan fuqarolarga jamiyatga qo‘shilishiga ko‘maklashish maqsadida “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va “Xalq banki” ATB orqali garov ta’minotisiz eng kam ish haqining 100 baravari miqdoridan oshmagan hajmda imtiyozli foizlarda mikrokreditlar ajratiladi.

Ushbu xizmatlardan foydalanish istagida bo‘lgan fuqarolar hududiy Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlaridan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan ro‘yxatdan o‘tib, tavsiyanoma olishlari lozim.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.07.2018 yildagi PQ-3856-sonli “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

2019-yil 1 yanvardan keyingi davrda chet elda ishlagan fuqarolar pensiya bilan ta’minlanish miqdoridan kelib chiqib Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari miqdorini mustaqil ravishda, biroq yiliga Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash sanasida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining to‘rt yarim barobari miqdorda belgilashi mumkin.

Fuqaroning chet elda bo‘lgan davrini tasdiqlash bo‘yicha asos, bu:

    • O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi yozuvlar (muhrlar, shtamplar yoki belgilar);
    • O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ko‘rsatib o‘tilgan shaxsning boshqa davlatda bo‘lgan vaqti va konsullik hisobiga qo‘yilganligi ma’lumoti.

Sug‘urta badallarini to‘lash tartibi:

    • har oyda yoki har chorakda;
    • bir yo‘la O‘zbekiston Respublikasiga kelgan kunidan boshlab uch oy mobaynida.

      2019-yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun mehnat staji vakolatli organ, ya’ni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali ishga joylashtirilgan fuqarolarga beriladi.

Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga borib, qaytib kelgan fuqarolar xorijiy va ichki mehnat bozoridagi talablardan kelib chiqib bepul hunarga o‘qitish, qayta tayyorlash va malakalarini oshirishlari mumkin.

      Ushbu xizmatlardan foydalanish istagida bo‘lgan fuqarolar hududiy Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlaridan ro‘yxatdan o‘tib, yo‘llanma olishlari lozim.

“ISHGA MARHAMAT” band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi “Monomarkaz”

“ISHGA MARHAMAT” monomarkazi xorijiy tillar bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari, shuningdek, qurilish, texnika va xizmat ko‘rsatish sohalari hamda tadbirkorlik kurslari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lgan qo‘yilgan, xususan:

Qurilish sohasi bo‘yicha:

    • suvoqchi, bo‘yoqchi, g‘isht teruvchi, gipsakartonga ishlov berish ustasi, alyuminiy va plastik profillari bilan ishlash ustasi (3 oylik); 

Texnika sohasi bo‘yicha:

    • yuk ko‘tarish mashinalari operatori, payvandlash ishlari bo‘yicha usta (3 oylik),
    • elektrik qurilmalari ustasi, maishiy texnikalarini ta’mirlash ustasi, chilangarlik santexnik ishlari bo‘yicha usta, frezerlik ishlari bo‘yicha usta, tokarlik ishlari bo‘yicha usta (6 oylik);

Xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha:

    • kosmetolog, neyl-stilist (2 oylik),
    • batler-ofitsiant, sartarosh, yosh bolalar uchun enaga va keksalarni parvarishlovchi mutaxassis, uqalovchi, tikuvchi, oshpaz, qandolatchi (3 oylik) kasblari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan.

      Shuningdek, monomarkazda biznes reja tuzish, marketing tushunchasini shakllantirish, O‘zbekistonda biznes yuritish uchun moliyaviy va huquqiy savodxonlikni oshirish, chet elga o‘z mahsulotini sertifikatlash va eksport qilish masalalari bo‘yicha bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatlari mavjud.

      Bundan tashqari, Monomarkaz mini texnologiyalar ko‘rgazma maydonchasidan biznes-rejaga asosan, kerakli uskunalar va mini texnologiyalarni tanlash hamda AT» Aloqabank» filiallari orqali imtiyozli kreditlar olish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.

      “ISHGA MARHAMAT” monomarkazi yuqorida nomlari qayd etilgan kasblar bo‘yicha o‘quv-laboratoriya va ustaxonalariga ega bo‘lib, ular mahalliy va xorijiy davlatlardan keltirilgan yangi zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlangan.

      “ISHGA MARHAMAT” monomarkazida bilim va kasb olish turlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi (talab etiladigan hujjatlar:

    1. Idora va tashkilotlarning yo‘llanmasi va pasport nusxasi).
    2. Monomarkaz hisob raqamiga pul to‘lash asosida;
    3. Bandlikka ko‘maklashish markazlarining yo‘llanmasi asosida;
    4. Korxona va tashkilotlarning yo‘llanmasi asosida.

      Monomarkazda to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet tillari va kasblar bo‘yicha o‘qishni hoxlagan fuqarolar belgilangan to‘lovlarni amalga oshirgan holda tahsil olishlari mumkin va unda talab etiladigan hujjatlar:

    • Ariza;
    • Shaxsini tasdiqldovchi pasport nusxasi;
    • To‘lovni amalga oshirganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

Telefon: +998 (71) 293 70 24
Manzil: Toshkent sh., Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi, 331-uy

Kasb-hunarga o‘qitish markazlari

Toshkent, Samarqand va Shaxrisabz shaharlaridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazlari

      Doimiy ishga ega bo‘lmagan shaxslarni quyidagi asosiy yo‘nalishlar va mutaxassisliklari bo‘yicha 1 yildan ortiq bo‘lmagan muddatda bepul o‘qitish, tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshiradi:

    • avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish (avtochilangarlar, motorchilar, avtomobillar diagnostikasi bo‘yicha mutaxassislar);
    • mashinasozlik ishlab chiqarishi (tokarlar, frezerchilar, metallga ishlov berish mutaxassislari);
    • elektr va elektronika (maishiy texnika, radio va teleapparatlarni ta’mirlash bo‘yicha mutaxassislar);
    • axborot texnologiyalari (hisoblash mashinalari operatorlari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnikaga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash mutaxassislari).

Toshkent shahridagi Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazi:

Telefon: +998 (71) 251-19-03, +998 (71) 251-26-44, +998 (71) 251-26-91;
Manzil: Toshkent shahar, Sergeli tumani, Sergeli 8-a mavzesi.

Samarqand shahridagi Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazi:

Telefon: +998(66) 221-73-62, +998(66) 221-72-62;
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 264-A-uy.

Shaxrisabz shahridagi Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazi:

Telefon: +998 (90) 960-59-55, +998 (90) 601-91-79;
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz shahri, F.Xo‘jaev ko‘chasi, 39-uy.

Vazirlik tizimiga o‘tkaziladigan kasb-hunar kollejlari

Kasb-hunarga o‘qitish markazlarini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimiga o‘tkaziladigan kasb-hunar kollejlari

T/r

Tuman (shahar) nomi

Kasb-hunar kolleji nomi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

Nukus tumani

Nukus tumani Kerder sanoat transport kasb-hunar kolleji

2.

Ellikqal’a tumani

Ellikqal’a qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji

Andijon viloyati

3.

Ulug‘nor tumani

Ulug‘nor qurilish kasb-hunar kolleji

4.

Shahrixon tumani

Shahrixon yengil sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji

5.

Qo‘rg‘ontepa tumani

Qo‘rg‘ontepa sanoat va transport kasb-hunar kolleji

Buxoro viloyati

6.

Buxoro shahri

Buxoro politexnika kasb-hunar kolleji

7.

Qorako‘l tumani

Qorako‘l qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji

Jizzax viloyati

8.

Jizzax shahri

Jizzax iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji

9.

Zarbdor tumani

Zarbdor xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji

Qashqadaryo viloyati

10.

Qarshi shahri

Qarshi sanoat kasb-hunar kolleji

11.

Dehqonobod tumani

Dehqonobod transport va agrobiznes kasb-hunar kolleji

Navoiy viloyati

12.

Navoiy shahri

Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji

13.

Nurota tumani

Nurota xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji

Namangan viloyati

14.

Uchqo‘rg‘on tumani

Uchqo‘rg‘on axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji

15.

To‘raqo‘rg‘on tumani

To‘raqo‘rg‘on xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji

Samarqand viloyati

16.

Samarqand shahri

Bog‘ishamol sanoat kasb-hunar kolleji

17.

Kattaqo‘rg‘on shahri

Kattaqo‘rg‘on qurilish va sanoat kasb-hunar kolleji

Sirdaryo viloyati

18.

Guliston shahri

Guliston kompyuter va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji

19.

Oqoltin tumani

Oqoltin xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji

Surxondaryo viloyati

20.

Sherobod tumani

Sherobod maishiy xizmat kasb-hunar kolleji

21.

Oltinsoy tumani

Oltinsoy axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji

Toshkent viloyati

22.

Bekobod tumani

Bekobod tumani «Dalvarzin» maishiy xizmat kasb-hunar kolleji

23.

Oqqo‘rg‘on tumani

Oqqo‘rg‘on qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji

24.

Piskent tumani

Piskent tumani xizmat ko‘rsatish va texnologiya kasb-hunar kolleji

Farg‘ona viloyati

25.

Farg‘ona shahri

Farg‘ona sanoat kasb-hunar kolleji

26.

Farg‘ona tumani

Farg‘ona tumani kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji

Xorazm viloyati

27.

Urganch shahri

Urganch maishiy xizmat kasb-hunar kolleji

28.

Xonqa tumani

Xonqa sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji

29.

Yangibozor tumani

Yangibozor tumani

Toshkent shahri

30.

Yashnobod tumani

Yashnobod politexnika kasb-hunar kolleji

Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb qilish xisobiga 2020-yilda uy-joy qurilishi bo‘yicha davlat dasturlarining ijrosi doirasida ko‘p kvartirali uylardan 3 462 ta xonadon ajratiladi.

      Bunda, ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar «labor-migration» dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan mehnat migrantlariga taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 20 avgustdagi
PF-5785-son Farmoniga 1-ILOVA

      Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020-yilda ajratiladigan ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar soni

Т/р

Hududlar nomi

Xonadonlar soni

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

210

2.

Andijon viloyati

420

3.

Buxoro viloyati

240

4.

Jizzax viloyati

120

5.

Qashqadaryo viloyati

300

6.

Navoiy viloyati

60

7.

Namangan viloyati

300

8.

Samarqand viloyati

450

9.

Surxondaryo viloyati

270

10.

Sirdaryo viloyati

90

11.

Toshkent viloyati

180

12.

Farg‘ona viloyati

420

13.

Xorazm viloyati

240

14.

Toshkent shahri

162

JAMI:

3462