Salomatligi yomonlashgan yurtdoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi

Mamlkatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga asli Qoraqalpog‘iston Respublikasidan bo‘lgan fuqaro E.E. salomatligi yomonlashganligi va moliyaviy qiyin ahvolda qolib O‘zbekistonga qaytib ketolmayotganini aytib, murojaat qilgan.

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro joriy yil fevral oyida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiya Federatsiyasining Amur viloyatiga ishlash uchun kelgan, ish jarayonida sog‘lig‘ida muammolar yuzaga kelgan va Svobodniy shahar shifoxonasida davolanib chiqqan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi va mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida E.E. O‘zbekistonga qaytarildi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик