Mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar davom etmoqda

Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz muammolarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish hamda ularning holidan xabar olish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi delegatsiyasi aʼzolari Rossiyaning Volgograd viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.

Delegatsiya aʼzolarining navbatdagi tashrifi Moskva shahrida bo‘ldi. Dastlab mazkur hududdagi “MOJOR” qurilish korxonasida ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv tashkil etilib, mamlakatimizda mehnat migrantlari uchun ko‘plab imkoniyat va imtiyozlar yaratilayotgani haqida maʼlumot berildi. Ularning mavjud muammolari o‘rganilib, hal etish va moddiy-huquqiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi.

Shuningdek, "Partnyor Stroy Garant" korxonasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi. Ularning yashash va ish sharoitlari o‘rganilib, savollariga batafsil javob qaytarildi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик