Chelyabinsk viloyatidagi yirik korxonalardagi ishchi kuchiga bo‘lgan talab o‘rganilmoqda

Rossiya Federatsiyasida vaktinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining muammolarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish hamda ularning holidan xabar olish maqsadida Toshkent shahri delegatsiyasi Chelyabinsk viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari H.Shakirov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Chelyabinsk viloyati iqtisodiy rivojlanish vaziri N.Lugacheva, Yujno-Ural savdo-sanoat palatasi vitse prezidenti I.Aristov, Tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi boshlig‘i N.Osipov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro aloqalarning hozirgi holati va istiqbollari, savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish borasida fikr almashdi.

Uchrashuvda o‘zbekistonlik mehnat migrantlari munosib sharoitlarda mehnat qilishi uchun yirik ish beruvchi kompaniyalar bilan aloqalarni kengaytirish, mehnat migrantlarini huquqiy himoya qilish ko‘lamini oshirishga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tashrif doirasida Chelyabinskdagi tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘zbekistonda xorijiy hamkorlar va investorlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida maʼlumot berildi.

Shu kuni Chelyabinsk viloyatining yirik ishlab chiqaruvchilari va diasparalar vakillari bilan uchrashuvlari o‘tkazildi.

Uchrashuvlar davomida Chelyabinsk viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan “UralAZ”, “CHTZ-Uraltrak”, “Mexanaremontniy kompleks”, “Mechel-materiali”, “Interpak” kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, korxonalardagi ishchi kuchiga bo‘lgan talab, ularga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar to‘g‘risida atroflicha maʼlumot olindi.

Uchrashuv yakunida o‘zbekistonlik mutaxassislarni Rossiyaga ishga jalb qilishda o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqishga kelishib olindi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик