Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun o‘quv kurslari davom etmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati va masʼul xodimlari “Pflege” loyihasi bo‘yicha tibbiyot sohasining hamshiralik (bemorlar, qariyalar va nogironlarni parvarish qilish) yo‘nalishi bo‘yicha Germaniyaga ishga ketishdan oldin tayyorlanayotgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda Gyote institutining malakali o‘qituvchilari tomonidan 10 oylik dastur asosida nemis tilini o‘rganayotgan o‘quvchilarga loyiha mazmun-mohiyati, xorijga tashkiliy tarzda ketayotgan fuqarolarning majburiyatlari hamda chet elda ular olishi mumkin bo‘lgan huquqiy maslahatlar haqida maʼlumot berildi.

Maʼlumot uchun, mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari, Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda Germaniyaning “OPASCA GmbH” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan bo‘lib, Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari nemis tilini va madaniyatini o‘rganadi. Shuningdek, loyiha dastlab Toshkent, Andijon va Urganch shaharlarini qamrab olgan bo‘lib, 120 nafar fuqarolar jalb qilinishi rejalashtirilgan.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик