Yurtdoshlarimiz muammolari o‘rganilmoqda

Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz muammolarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish hamda ularning holidan xabar olish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi o‘rinbosari B.Xabibullayev boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Rossiyaning Moskva shahriga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.

Delegatsiya aʼzolarining navbatdagi tashrifi Moskva viloyatida bo‘ldi. Mazkur hududdagi parranda mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan "Elinar Broyler" korxonasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv doirasida korxona faoliyati bilan tanishildi, u yerda ishlayotgan yurtdoshlarimiz yashash va ish sharoitlari o‘rganildi.

Yurtdoshlarimizga mamlakatimizda mehnat migrantlari uchun ko‘plab imkoniyat va imtiyozlar yaratilayotgani haqida maʼlumot berildi. Ularning mavjud muammolari hal qilish choralari ko‘rildi.

Mehnat migrantlari uchun osh tarqatildi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик