“Yuj Ural Zolota” kompaniyasi rahbariyati hamda vatandoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazildi

Rossiya Federatsiyasida vaktinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining muammolarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish hamda ularning holidan xabar olish maqsadida Toshkent shahri delegatsiyasi Chelyabinsk viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.

Tashrif davomida Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari H.Shakirov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari «Yuj Ural Zolota» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotlar davomida migratsiya masalalari yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar haqida maʼlumot berildi.

Mazkur korxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mehnat migrantlari ish va yashash sharoitlari bilan tanishildi.

Shuningdek, «Yuj Ural Zolota» kompaniyasidagi mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbekiston fuqarolarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, fuqarolarimiz so‘nggi vaqtlarda turli noqonuniy guruhlarga aralashib qolmaslik bo‘yicha ogohlantirildi.

Maʼlumot o‘rnida aytish mumkinki, ayni paytda «Yuj Ural Zolota» kompaniyasida 300 nafarga yaqin yurtdoshlarimiz mehnat qilmoqda.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик