Yurtdoshlarimiz huquqlari himoya qilindi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Ufa shahridagi vakolatxonasi xodimlari tomonidan mazkur hududda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz T.D. va T.A. murojaat qildi.

Mehnat migrantlari joriy yil yanvar oyida Ufa shahriga mustaqil tarzda ishlash uchun boradi. Bir necha oy ishlagandan so‘ng ish beruvchiga Vatanga qaytish istagini bildirib, hujjatlarini so‘raydi.

Biroq, ish beruvchi tomonidan ularning hujjatlari qaytarib berilmaydi. Shundan so‘ng, vakolatxona xodimlari ish beruvchiga mehnat migrantlari pasportlarini ushlab turilishi qonunga xilof ekanligi tushuntirib, ularning hujjatlarini olib berdi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик