Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun o‘quv kurslari davom etadi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Shveysariyaning “Globogate Recruiting GmbH” tashkiloti vakillari ishtirokida Germaniyaga ishga ketishdan oldin tayyorlanayotgan 50 nafar fuqarolar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda nemis tilini o‘rganayotgan o‘quvchilarga loyiha mazmun-mohiyati, xorijga tashkiliy tarzda ketayotgan fuqarolarning majburiyatlari hamda chet elda ular olishi mumkin bo‘lgan huquqiy maslahatlar haqida maʼlumot berildi.

Agentlik hamda xorijiy tashkilotlar hamkorligida o‘quvchilar ushbu markazda 10 oylik dastur asosida tayyorlanib, Germaniyadagi tibbiyot muassasalariga ishga jalb etiladi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик