Noqonuniy harakat qilgan yana 3 nafar fuqaro ushlandi
Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan EPS-Topik test imtihonlarida boshqa fuqaro o‘rniga testga kirish va testda qo‘shimcha vositalardan foydalanishga urinish holatlari qayd etilayotgani va buning oqibatlari haqida ogohlantirilgan edi.
Shunga qaramay, ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar H.S., R.A. va H.B. telefon va maxsus vositalarni testga olib kirishga uringanida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.
Ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.
Test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 3 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida yana bir bor ogohlantiramiz.
Imtihon jarayonida barcha tartib-qoidalarga rioya qilishga chaqiramiz!