Murakkab vaziyatda qolgan ayol Vatanga qaytarildi
G.K. 2020 yilning mart oyida Sankt-Peterburg shahriga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun boradi.
U farzandi bilan moliyaviy qiyin ahvolga tushib qoladi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasiga yordam so‘rab murojaat qiladi.
Fuqaroga aviachipta olishda yordam ko‘rsatilib, 4 iyul kuni Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga qaytarildi.