Samara viloyati savdo-sanoat palatasi prezidenti V.Fomichev bilan uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuvda erishilgan kelishuvlar qamrovini yana-da kengaytirish, O‘zbekiston fuqarolarini uyushgan holda ishga jalb qilish yo‘nalishida hamkorlikni davom ettirish, bu sohada yo‘lga qo‘yilgan ishlarni jadallashtirish zarurligi taʼkidlandi.

V.Fomichevning taʼkidlashicha, hozirgi kunda Samara viloyatida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarda, qurilish, qishloq xo‘jaligi, avtomobilsozlik, tikuvchilik, bank va tibbiyot sohalarida malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj juda yuqori.

Uchrashuvda ikki tomonlama mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик