O‘zbekiston fuqarolari Turkiyaga ishga jalb qilinadi

Turkiyaning “ADS” kompaniyasi yuridik va konsultativ shirkati bosh direktori G.Almaji bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Suhbat chog‘ida turkiyalik ishbilarmon bilan O‘zbekistondan yuk mashinasi haydovchisi, shina montajchisi, mexanigi, logistika operatori, turk tilini biladigan brigadirlarni ishga jalb qilish belgilab olindi.

G.Almaji o‘zbekistonlik ishchilarni ishga moslashishi va mehnat samaradorligidan qoniqqan taqdirda, O‘zbekistondan keladigan ishchilarning soni ortib boraverishidan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Bundan tashqari, yurtdoshlarimizni Malta davlatidagi mehmonxona ishlariga jalb qilish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Turkiya va Maltada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarimiz ish beruvchi hisobidan yotoqhona va 3 mahal ovqat bilan taʼminlanishi, ishchilar bilan ish beruvchilar o‘rtasida muammolar yuzaga kelganda, ularni hal etish vazifasini “ADS” kompaniyasi o‘z zimmasiga olishi taʼkidlandi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик