“KontinentPak” kompaniyasida ishlayotgan fuqarolarimiz bilan uchrashuv o‘tkazildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakilligi, Bosh konsulxona va “Uzbekistan airways” kompaniyasi vakillari hamkorligida Sankt-Peterburg shahridagi “KontinentPak” korxonasining markaziy omborida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Bugungi kunda mazkur korxonada 30 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarolari mehnat qilmoqda. Uchrashuv o‘tkazishdan asosiy maqsad korxona salohiyati bilan tanishish va rahbariyati bilan aloqa o‘rnatish, bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha maʼlumot olish, mehnat migrantlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdan iborat bo‘ldi.

Suhbat davomida fuqarolarimizga migratsiya sohasidagi yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Fuqarolarimizni qiziqtirgan savollariga javob qaytarildi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик