Yurtdoshlarimizning yashash va ish sharoitlari o‘rganilmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakili Tatariston Respublikasida joylashgan “KAMAZ” korxonasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Yurtdoshlarimizning yashash manziliga tashrif buyurib, ular bilan muloqot qilindi, ish va yashash sharoitlari o‘rganildi.

Uchrashuvda Rossiya qonunchiligiga hamda ishlash jarayonida mehnat xavfsizligiga rioya qilish zarurligi taʼkidlandi.

Shuningdek, yurtdoshlarimizga O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berildi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик