Mehnat migrantlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Nijniy Novgorod shahridagi vakili “Precast” korxonasi rahbariyati bilan hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.

Ayni paytda 70 nafar O‘zbekiston fuqarolari ishlayotgan korxonada yaratilgan qulayliklar o‘rganildi.

Uchrashuvda ishchilar turar joy, yuvinish, dam olish xonalari, uch mahal ovqat bilan taʼminlanganligi taʼkidlab o‘tildi. Ish haqi o‘z vaqtida va bajarilgan ish hajmiga qarab berilayotgani maʼlum qilindi.

Uchrashuv davomida fuqarolar ogohlikka chaqirilib, turli guruhlarga qo‘shilmaslikka va provokatsiyalarga berilmaslikka chaqirildi. Ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob qaytarildi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик