Yurtdoshlarimizni vaqtincha mehnat faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Tula shahridagi vakili “Investitsionno-stroitelnaya” korxonasi rahbariyati bilan O‘zbekiston fuqarolarini vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi.

Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonada 60 nafar O‘zbekiston fuqarolari ish faoliyatini amalga oshirmoqda.

Shuningdek, hududdagi Tulskiy armaturno-izolyatorskiy zavodi rahbariyati bilan bu yerda ishlayotgan mehnat migrantlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda fuqarolarimizning yashash va ish sharoitlari o‘rganilib migratsiya sohasidagi yangi qaror va qonunchilik normalari, xorijda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risida maʼlumot berildi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик