"PIPE.,CO LTD" korxonasida ishlayotgan yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi

Mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasi vakillari tomonidan Puchon shahridagi "PIPE.,CO LTD" korxonasida ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan sayyor uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz ish va yashash joylari yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

Mehnat migrantlariga qonuniy va bir ish beruvchi bilan uzoq muddatli mehnat munosabatlarida bo‘lish, mazkur davlat qonunchiligiga muvofiq tartibli faoliyat olib borishning afzalliklari tushuntirildi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик