“PSK” qurilish kompaniyasi vakili bilan uchrashuv tashkil etildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakilligi xodimlari hamda “PSK” qurilish kompaniyasi vakili I.Ivanov o‘rtasida ishchi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvdan maqsad korxona salohiyati bilan tanishish, bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha maʼlumot olish, mehnat migrantlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish bo‘ldi.

Uchrashuvda “PSK” qurilish kompaniyasining Sankt-Peterburg shahridagi qurilish maydonlariga o‘zbekistonlik mehnat migratlarini jalb qilish va ishga joylashtirish tizimini joriy qilish masalalari muhokama qilindi. Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini uyushgan holda tanlash tartibi to‘g‘risida maʼlumot berildi va buyurtma berish uchun zarur hujjatlar to‘plami taqdim etildi.

Maʼlumot o‘rnida, “PSK” qurilish kompaniyasi 15 yil davomida Sankt‐Peterburg, Leningrad viloyati va Rossiyaning boshqa mintaqalarida qurilish sohasida turli loyihalarni amalga oshirmoqda.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик