Qashqadaryo delegatsiyasi xalqaro kongresda ishtirok etmoqda

Qashqadaryo viloyati hokimligi, viloyat bandlik boshqarmasi va viloyat kasaba uyushmalari masʼullaridan iborat delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston Respublikasida o‘tkazilayotgan "Transport va qurilish" xalqaro kongresida ishtirok etmoqda.

Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Boshqirdiston Respublikasi va Nijegorod viloyatida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarimiz muammolarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish hamda ularning holidan xabar olish va boshqa madaniy tadbirlar tashkillashtirishni rejalashtirgan.

Tashrif doirasida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida Ufa shaharida O‘zbekiston madaniyati kunlarini tashkil etildi.

Shuningdek, sayyohlarga O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari haqida maʼlumot berildi. Qashqadaryodagi turizm va ziyorat obʼektlari video roliklar orqali ochib berildi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик