Mehnat migrantlari bilan monitoring ishlari olib borildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Perm shahridagi vakili va “Energokompleks” korxonasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mazkur korxonaga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini jalb qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Shundan so‘ng, ish beruvchi 30 ta bo‘sh ish o‘rni mavjudligi to‘g‘risida so‘rovnoma hamda kelishuv shartnomalarini tasdiqlangan holda taqdim qildi.

Shuningdek, ayni paytda korxonada ishlayotgan 25 nafar yurtdoshlarimiz bilan monitoring ishlari olib borildi. Ularga turli ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslik, Rossiya Federatsiyasi qonunlariga rioya etish va odamlar ko‘p to‘planayotgan joylarga bormaslik tushuntirildi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик