Mehnat migrantlari huquqlarini taʼminlash bo‘yicha kelishuvga erishildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Tula o‘lkasidagi vakili va Tula viloyatidagi davlat mehnat inspeksiyasi rahbari N.Aleshicheva o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mehnat migratsiyasi masalalari muhokama qilinib, mehnat inspeksiyasi faoliyati to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi.

Uchrashuv yakunida o‘zbekistonlik mehnat migrantlari haq-huquqlarini taʼminlashda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик