Mehnat migrantlari va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi vakillari ish beruvchi tashkilot masʼullari hamda fuqarolar bilan uchrashib, ikki davlat o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi jarayonlari, ishchilarning qisqa muddatlarda kirib kelishi va Vakolatxona tomonidan mehnat migrantlarni qo‘llab-quvvatlashda amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha maʼlumotlar berdi.

Shuningdek, fuqarolarga qonuniy tarzda bir ish beruvchi bilan ish joyini o‘zgartirmasdan uzoq muddatli mehnat munosabatlarida bo‘lish kelajakda vatandoshlarimiz uchun ajratiladigan kvotani oshishida muhim o‘rin egallashi tushuntirildi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик