O‘zbekiston – Germaniya: mehnat migratsiyasi masalalari muhokama qilindi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning “Opasca GmbH” tashkiloti, Mannheim universiteti kasalxonasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mehmonlar Agentlik faoliyati, hamkor tashkilotlari va bugunga qadar kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish, fuqarolarni tashkiliy tarzda ishga yuborish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirildi.

Shuningdek, kelgusida nemis tili va tibbiyot sohasida qayta tayyorlash kurslarida tahsil olayotgan yana-da ko‘proq o‘zbekistonlik fuqarolarni Germaniyaga ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Maʼlumot o‘rnida, 2021 yilda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Germaniya Federativ Respublikasining “OPASCA GmbH” tashkiloti o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarini kasbga o‘qitish va Germaniya hududida ish bilan taʼminlash bo‘yicha uch tomonlama hamkorlik memorandum imzolangan.

Memorandumga ko‘ra, ayni paytda Toshkent shahri, Andijon va Xorazm viloyatlarida o‘quv markazlari tashkil etilib, bugungi kunda 82 nafar Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar o‘qitilmoqda.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик