Mehnat migrantlariga qonunchilik normalari tushuntirilmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakilligi, “Uzbekistan airways” kompaniyasi vakillari “Baltrans” korxonasiga qarashli “YugTaun” turar joy kompleksi qurulishida hamda “Komus” korxonasida ishlayotgan 150 nafardan ortiq fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda migratsiya sohasidagi yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Dastlab fuqarolarimizning yashash va ish sharoitlari bilan tanishilib, ularning muammo va savollariga yechim topishda ko‘maklashildi. Ular bilan Rossiya Federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzmaslik, ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslik hamda turli vaʼdalarga uchmaslik yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик