Ufa shahridagi yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Ufa shahridagi vakillari “LMA” qurilish korxonasida ishlayotgan fuqarolarimiz bilan uchrashdi.

Ularning yashash va ish sharoitlari bilan tanishilib, muammolariga yechim topishda ko‘maklashildi. Fuqarolarimizga migratsiya sohasidagi yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar, O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati yuzasidan maʼlumot berildi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzmaslik, ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslik hamda turli vaʼdalarga uchmaslik yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик