“Konstruksiya” korxonasiga fuqarolarimizni ishga jalb qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg shahridagi vakili va Tyumen shahridagi “Konstruksiya” korxonasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Korxona rahbari turli mutaxassisliklar bo‘yicha ellikka yaqin ishchi kuchi kerakligini bildirdi. Korxonaning ish joyi, yashash sharoitlari bilan tanishildi.

Suhbat davomida ish beruvchiga Agentlik faoliyati va ishchi kuchini jalb qilish tartibi bo‘yicha maʼlumot berildi. Ayni paytda korxona mutasaddilari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик