Mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Tula shahridagi vakili "Les Xoroshiy" korxonasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarimiz bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mehnat migrantlarining mehnat va yashash sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Fuqarolarimizga migratsiya sohasidagi yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar, O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, Agentlikning Irkutsk va Permdagi vakillari hududdagi “Ekonis”, "IP Kandnikova" korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan davra suhbati o‘tkazdi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик