Koreya Respublikasida ishlayotgan yurtdoshlarimizning ish va yashash sharoitlari monitoring qilinmoqda

Mamlakatimizning ushbu davlatdagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi vakillari tomonidan Nonsan shahridagi "TAESUNG CHEMICAL CO., LTD." bo‘yoq ishlab chiqarish korxonasida mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ish beruvchi tashkilot rahbari o‘zbekistonlik ishchilardan mamnun ekanligi, kelgusida ushbu korxonaga ishchi kuchi lozim bo‘lganda yurtdoshlarimizni jalb qilish istagi borligini bildirdi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик