“EPS” markazi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining O‘zbekiston Respublikasidagi “EPS” markazi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Sayfutdinov, “EPS” markazi rahbari Kvon Taekyom, Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakili Song Sang Jim va boshqa masʼul xodimlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda E-9 viza turi bo‘yicha 4 yil 10 oy muvaffaqiyatli ishlab, qaytadan shartnoma olib kelgan O‘zbekiston fuqarolari uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni ochiqlik va shafoflik asosida tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, imtihonlarda korrupsion holatlarni oldini olish, ishtirokchi qiyofasi avtomatik tarzda aniqlangandan keyin ochilishi (Face ID) tizimini o‘rnatish, ichki ishlar xodimlarini xafsizlikni taʼminlash uchun jalb qilish ishlarini tashkil etishga kelishib olindi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик