Mehnat migrantlarining muammolariga yechim topishda ko‘maklashilmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakilligi, “Uzbekistan airways” kompaniyasi xodimlari hamkorlikda “Baltrans” korxonasiga qarashli “Lyubograd” turar joy kompleksi qurulishida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 70 nafardan ortiq fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda migratsiya sohasidagi yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mexnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

Fuqarolarimizning yashash va ish sharoitlari o‘rganilib, ularning muammo va savollariga yechim topishda ko‘maklashildi.

Shuningdek, uchrashuvda fuqarolarga Rossiya Federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzmaslik, ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslik hamda turli vaʼdalarga uchmaslik yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик