O‘zbekiston – Yaponiya: mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirish, ish beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Xusanov boshchiligidagi delegatsiya ushbu davlatda bo‘lgan edi.
Mazkur muzokaralar davomi sifatida bugun Agentlik vakillari va “Ман то Ман” rekruting kompaniyasi Prezidenti T.Yuichi o‘rtasida uchrashuv tashkil etilib, fuqarolarni yapon tili va kasblarga o‘qitish, ushbu davlatga ishga jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, “Ман то Ман” kompaniyasi vakillari Yaponiyaga ishga jalb qilishda chet el fuqarolari uchun qo‘yiladigan talablar haqida batafsil maʼlumot berdi va "Ishga marhamat" monomarkazi faoliyati bilan tanishish istagini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun hududlardagi "Ishga marhamat" monomarkazlarida yapon tili va kasblarga o‘qitish imkoniyatlari mavjud.