Farzandlari bilan qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimiz Vatanga qaytarildi

Yurtdoshimiz E.K. ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan Primorsk o‘lkasining Vladivostok shahrida mushkul moliyaviy vaziyatga tushib qoladi va mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulligidan yordam so‘raydi.

O‘rganish jarayonida E.K. 2013 yilda Rossiyaning Primorsk o‘lkasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelib, so‘nggi vaqtlarda Vladivostok shahridagi uy hayvonlariga xizmat ko‘rsatish salonida yordamchi lavozimida ishlagan. Oylik maoshi kamligi, yashashi hamda uy ijarasi uchun yetarli bo‘lmaganligi sababli ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan qiyin ahvolda qolgan.

E.K. va uning voyaga yetmagan farzandlariga “Mehr” loyihasi jamg‘armasi hisobidan Vladivostok – Toshkent yo‘nalishidagi aviareysga chipta xarid qilinib, O‘zbekistonga qaytarildi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик