Xorijga ishlash uchun ketgan mehnat migrantlarining oila aʼzolari va xorijdan qaytgan fuqarolar muammolari o‘rganilmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Namangan viloyati filiali va sektorlar masʼullari “mahalla – mehnat organlari – sektor – Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi filiali” tizimi asosida migratsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xorijga ishlash uchun ketgan mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari, xorijdan qaytgan fuqarolar muammolarini o‘rganmoqda.

O‘tgan davrda tumanlarda sektor masʼullari tomonidan migratsiyaga oid amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha amaliy yordam va tavsiyalar berilmoqda.

Xususan, Kosonsoy tumani A.Navoiy nomli mahallada yashovchi Ulug‘bek Kamolov joriy yil avgust oyidan buyon Moskva shahrida ishlamoqda. Uning oila aʼzolaridan xabar olinib, onasiga tibbiy patronaj yordami ko‘rsatildi, oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик