"Sangil Hitech" korxonasida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi vakillari tomonidan E-9 vizasi asosida "Sangil Hitech" korxonasida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi.

Fuqarolarimizning mehnat jarayoni davomida yuzaga kelgan savollariga mas'ullar tomonidan javob berilib, qonuniy tartibda bir ish beruvchi bilan uzoq muddat mehnat faoliyatini olib borishning afzalliklari tushuntirildi.

Ayni paytda ish beruvchi tomonidan mazkur korxonaga o'zbekistonlik fuqarolarni yanada ko'proq jalb qilish rejasi borligi ma'lum qilinib, mehnat sohasida doimiy hamkorlikka tayyor ekanligi ma'lum qilindi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик