Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ishchi guruhi Litvada

Litva ish beruvchilari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida ushbu davlatda bo‘lib turgan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ishchi guruhi bugun “TVG” xalqaro yuk tashuvchi logistika kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekistondan mazkur kompaniyaga ishga jo‘natilgan fuqarolarning ish va yashash sharoitlari hamda hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ushbu kompaniyaga ishga jo‘natilgan va hozirgi vaqtda Germaniya, Fransiya va Lyuksemburg davlatlari hududida bo‘lib turgan yurtdoshlarimiz videoaloqa orqali bog‘lanib, o‘zlarining faoliyati to‘g‘risida maʼlumot berdi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик