Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Primorsk o’lkasidagi “Прогресс” va “НК ЛОТОС”, Krasnodardagi “Т-Инвест”, Tuladagi “Киреевский Молочный Завод”, Samaradagi “Молвино Агро” korxonalari rahbariyati va bu erda ishlayotgan mehnat migrantlari, Shuningdek, Voronej davlat texnika universitetida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Mamlakatimizning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxona vakillari bilan birgalikda Volgograd agrar universitetida o‘tkazilgan Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etildi.
Uchrashuvlarda xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoji mavjud korxonalarga tashkiliy tazrda O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi.
Mehnat migrantlari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda migratsiya sohasida qabul qilinayotgan yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. Ularning yashash va ish sharoitlari o’rganildi.
Shuningdek, Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimizning hujjatlari ishonchsiz ish beruvchidan qaytarib olib berishda ko‘maklashildi.