Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Moskva shahridagi “Antek-Fonchenko” va “Stroy-proekt”, Ulan-Udedagi “Smit”, “Dubrava”, “NoviyGorod”, "Best Plyus", Tuladagi “Volovskiy broyler”, “EkoStroy”, “Promet”, Volgograddagi “YevroXim-VolgaKaliy” korxonalari rahbariyati va bu erda ishlayotgan mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Shuningdek, Voronej viloyati hukumat aʼzolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Tashqi mehnat migratsiya agentligining Voronej shahridagi vakili tanishtirildi. Vakilning vazifalari va vakolatlari tushuntirilib, yurtdoshlarimiz uchun ko‘rsatilayotgan hizmatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Voronej va Tulada taʼlim olayotgan talabalar,  Ulan-Ude shahridagi Do‘stlik uyida o‘zbekistonlik faol vatandoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Nijniy Novgorod shahar Administratsiyasi tomonidan salohiyatli ish beruvchilar va rekruting agentliklari uchun tashkil etilgan tadbirda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili ishtirok etdi.

Uchrashuvlarda xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoji mavjud korxonalarga tashkiliy tazrda O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi.

Mehnat migrantlari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda migratsiya sohasida qabul qilinayotgan yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. Ularning yashash va ish sharoitlari o’rganildi.

Shuningdek, Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimizning hujjatlari ishonchsiz ish beruvchidan qaytarib olib berishda ko‘maklashildi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик