Xalqaro hamkorlik: O‘zbekiston va Rossiya hukumatlararo bitimi ijrosi
2017-yil 5-aprelda imzolangan "O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish to‘g‘risida"gi Bitimni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhining o‘n birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig'ilishda vazir o‘rinbosari Erkin Muxitdinov hamda Rossiya mehnat va bandlik federal xizmati rahbari Mixail Ivankov va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirok etib, Bitimda ko‘zda tutilgan vazifalarning ijrosi muhokama etildi.