Rossiyada ishlash istagidagi fuqarolar uchun tanlovlar bo‘lib o‘tdi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Toshkent shahar, Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy, Farg‘ona, Namangan viloyatlari filiallarida Rossiyaning  “Kamaz”, "Yunikom Delta", “PSP”, "NPO-PROMET" korxonalari vakillari tomonidan xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tanlov o‘tkazildi.

Rossiya Federatsiyasiga ishga jalb qilish bo‘yicha nomzodlar kasbiy malaka va til bilish darajasiga ko‘ra suhbat asosida ish beruvchilar vakillari tomonidan tanlab olindi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик