Fuqarolar Yaponiyaga ishga taklif etiladi!

Yaponiyaning texnika va texnologiyalar ehtiyot qismlari ishlab chiqarish zavodiga texnik stajyorlik dasturi asosida fuqarolar ishga taklif etiladi.

- Nomzodlarga qoʼyilgan talablar:

Yapon tilini N4 va undan yuqori darajada bilish;
18 yoshdan 30 yoshgacha;
Maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan;
Sudlanmaganlik.

Oylik maosh: 152.800 yena (soliq va boshqa ushlanmalar chegirilmagan holatda). Bir oy tayyorlov-moslashtirish davrida oylik maosh 60 ming yena.

Ish vaqti: haftasiga 40 soat (qoʼshimcha ish soatlari uchun alohida toʼlanadi).

Toshkentdan Yaponiyagacha va yotoq joyidan ish joyigacha bo’lgan xarajatlar ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

Ish beruvchi nomzodlarni og’zaki suhbat asosida tanlab oladi.
1-suhbat: 30-may kuni Agentlikning hududiy filiallarida onlayn tarzda o'tkaziladi.
2-suhbat: birinchi suhbatdan o’tganlar chaqirtiriladi (suhbat sanasi haqida qo'shimcha ma'lumot beriladi).

Roʼyxatdan oʼtish (25-may soat 10:00 dan 13:00 gacha).

Izoh: quyidagi soʼralgan maʼlumotlarni toʼliq va belgilangan tartibda taqdim etmagan fuqarolar tanlovlarda ishtirok etolmaydi.

Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 84) yoki 1282 qisqa raqami.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик