Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tula va Krasnodardagi korxonalarda ishlayotgan yurtdoshlarimiz hamda ulaning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, murojaatlari o‘rganildi. Shuningdek, Leningrad viloyatidagi eng yirik yakka tartibdagi tadbirkorlardan biri bilan o‘tkazilgan muzokarada hududdagi ishlab chiqarish korxonalariga o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvlarda xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoji mavjud korxonalarga tashkiliy tazrda O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi.

Mehnat migrantlari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda migratsiya sohasida qabul qilinayotgan yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. Ularning yashash va ish sharoitlari o’rganildi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик