32 nafar yurtdoshimizning 15 mln. tenge (33700 AQSH dol.) miqdoridagi ish haqi undirildi

Mamlakatimizning Qozog‘istondagi elchixonasiga Ostona shahridagi “Astana Recycling Plant” zavodida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz ish haqi va hujjatlarini olib berishda yordam so‘rab murojaat qilgan.

Muammoga aniqlik kiritish va uni bartaraf etish maqsadida zavod direktori elchixonaga taklif etildi. Muzokaralarda majburiy mehnat jinoyat ekanligi tushuntirildi.

Natijada ish beruvchidan 32 nafar yurtdoshimizning 15 mln. tenge (33700 AQSH dol.) miqdoridagi ish haqi undirilib, shaxsni tasdiqlovchi pasportlari qaytarib olindi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик