EPS-Topik test imtihoniga noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan EPS-Topik testida imtihon tartiblariga rioya qilmaslikning oqibatlari (https://t.me/migratsiyaagentligi/9600) haqida ogohlantirilganiga qaramay, ro‘yxatdan o‘tgan fuqaro D.T. o‘rniga boshqa fuqaro kirishga uringan vaqtida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.

Ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.

Test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 2 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida yana bir bor ogohlantiramiz.

Imtihon jarayonida barcha tartib-qoidalarga rioya qilishga chaqiramiz!

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик