Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Chelyabinskdagi “Сады России”, Ufadagi “РЕНТА СТРОЙ” va Nijnevartovsk, Volgograddagi korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz hamda ulaning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, murojaatlari o‘rganildi.
Shuningdek, Permdagi ko‘ptarmoqli migratsiya markaziga o‘tkazilgan uchrashuvda mehnat migrantlari uchun yaratilgan sharoitlar, imtiyozlar, huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha imkoniyatlar tushuntirildi.
Uchrashuvlarda xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoji mavjud korxonalarga tashkiliy tazrda O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi.
Mehnat migrantlari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda migratsiya sohasida qabul qilinayotgan yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. Ularning yashash va ish sharoitlari o‘rganildi.