Mehnat migranti holidan xabar olindi
2023-yilning aprel oyida Irkutsk viloyatining Ust-Ilimsk tumanida og‘ir tan jarohati olgan O‘zbekiston fuqarosi Sh.Nning holidan xabar olish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ushbu hududdagi vakili u vaqtincha yashab turgan xonadonda bo‘ldi.
Yurtdoshimizga Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi tomonidan yordam ko‘rsatilib,11-iyun kuni O‘zbekistonga ketish uchun aviachipta olib berilgani maʼlum qilindi. Bugungi kunda Vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.