Germaniyaning Sharqiy Tyuringen Savdo-sanoat palatasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Germaniyaning Sharqiy Tyuringen Savdo-sanoat palatasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda mehmonlar Agentlik faoliyati, hamkor tashkilotlari va bugunga qadar kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish, fuqarolarni tashkiliy tarzda ishga yuborish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyada dual tizim asosida xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohalariga jalb qilish bo‘yicha shartnomalar imzolash masalalari muhokama qilindi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик