Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Permdagi “СК ВЕГА” korxonasida ishlayotgan yurtdoshlarimiz hamda ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlarda xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoji mavjud korxonalarga tashkiliy tazrda O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi.
Mehnat migrantlari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda migratsiya sohasida qabul qilinayotgan yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. Ularning yashash va ish sharoitlari o‘rganildi.
Tula, Sankt-Peterburg, Volgograd, Voronej viloyatlariga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun borib, murakkab vaziyatda qolgan mehnat migrantlari O‘zbekistonga qaytarildi.