Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tuladagi Peterburgdagi “Ясногория-Форест korxonasida ishlayotgan yurtdoshlarimiz hamda ularning ish beruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoji mavjud korxonalarga tashkiliy tazrda O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi.

Mehnat migrantlari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda migratsiya sohasida qabul qilinayotgan yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. Ularning yashash va ish sharoitlari o‘rganildi.

Novosibirsk, Leningrad viloyatlarida moliyaviy qiyin ahvolda qolgan X.T. I.A. Sh.F. va Sankt-Peterburg shahrida yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olgan yurtdoshimiz S.A. Sankt-Peterburg – Toshkent, Novosibirsk – Toshkent aviareyslari orqali Vatanga qaytarildi. Volgogradda murakkab vaziyatda qolgan yurtdoshimizga yordam ko‘rsatildi.

Chuvash Respublikasida mehnat shartnomasini tuzmasdan ishlagan va ish haqi ololmay, qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarimiz ishga joylashtirildi.

АввалгиЯнгилик
КейингиЯнгилик