Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Sankt-Peterburgdagi “ЭДЕЛЬВЕЙС” korxonasida ishlayotgan yurtdoshlarimiz hamda ularning ish beruvchisi bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoji mavjud korxonalarga tashkiliy tazrda O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi.
Mehnat migrantlari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda migratsiya sohasida qabul qilinayotgan yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. Ularning yashash va ish sharoitlari o‘rganildi.
Irkutsk, Perm, Ufa, Amur, Nijniy Novgorod shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Vatandosh tashkilot faollari hamda yoshlar ishtirokida «Muqaddasdir vatan bayrog‘i!» mavzusida tadbirlar o‘tkazildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash ва huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi xodimlari Moskva viloyatida ishlayotgan yurtdoshimizning ish beruvchidan hujjatlarini olib berdi. Qurilish korxonasiga ishga joylashtirdi.
Krasnodar shahrida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshimizning 100 ming rubl oylik maoshini undirib berishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Krasnoyarsk ва Sankt-Peterburg og‘ir ahvolda qolgan fuqarolar, R.I., J.A., K.Sh. ва M.Q. murojaatlari o‘rganildi hamda aviachipta bilan taʼminlanib, Vatanga qaytarildi.